Maqola sarlavhasi:
Gollandiyada «Lolalar» inqirozi: Sharhlar, qarashlar va ilmiy-tarixiy yechimlar
Tavsif:
Olamda odamzod yuksak ma’naviy sifatlari bois jamiki mavjudotlarning gultoji hisoblanadi. Insoniyat eng katta bunyodkor, obod qiluvchi va yaratuvchi kuchga ega bo‘lish bilan birga afsuski, ba’zan nafs ko‘yida buzg‘unchilikka ham qodir... Insonlar o‘z xatti-harakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaradi, dunyoni o‘zgartiradi. Taassufki, shaxslar o‘zaro mulkiy munosabatlarni o‘rnatish, boyliklarga ega bo‘lish, ularni taqsimlash da’vosida global va mintaqaviy inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Dunyoda sodir bo‘lgan inqirozlarni o‘ylab topgan ham, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rgan ham, ilm-fanni rivojlantirib, koinotni kashf qilayotgan ham, o‘zi to‘qib chiqargan turli aqida va g‘oyalarga mahkum bo‘lib, butun xalqlar, mavjudotlarning boshiga turli balolarni yog‘dirayotgan ham inson hisoblanadi.
Abstrakt:
Insonlar o‘z xatti-harakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaradi, dunyoni o‘zgartiradi. Taassufki, shaxslar o‘zaro mulkiy munosabatlarni o‘rnatish, boyliklarga ega bo‘lish, ularni taqsimlash da’vosida global va mintaqaviy inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mazkur ilmiy-tarixiy maqolada insoniyat tarixida sodir bo‘lgan global iqtisodiy inqirozlarning dastlabki ikkitasining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va ularni barataraf etish yo‘lida hukumatlar tomonidan olib borilgan iqtisodiy siyosatlar tarixiy faktlarga tayanib, tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Makroiqtisodiyot
Maqolaning muallifi
Muallif: Sherzod Mustafakulov
Ish joyi: Xalqaro Nordik Universiteti
Lavozim: Rektor
Ilmiy daraja: Professor