Maqola sarlavhasi:

Is’hoqxon To‘ra Ibrat faoliyatining ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan mushtarakligi

Tavsif:

Hozirgi globallashgan dunyoda milliy,diniy, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni G‘arb jamiyatidan “eksport” qilinayotgan “ommaviy madaniyat” niqobi bilan butun millat tafakkuri va qarashlarini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda.Unib–o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm olish, vatan obodligi va yurt ozodligi, taraqqiyotiga tahdid qilish bir qatorda, insonlarning ong-u shuurini “farovon hayot”,“asliyatdan begonalashish”, “ma’naviy buzuqlik”,“tarix va xaqiqatdan uzoqlashish” kabi “xislatlar” bilan sug‘orilgan asarlarni tarqatishda ommaviy axborot vositalari va internetdan unumli foydalib kelinmoqda. Yuqoridagi sanab o‘tilgan illatlarga qarshi kurashish uchun boy diniy, milliy, ma’naviy qadriyatlarimizni, ajdodlarimizning ibratli hayoti va asarlarini o‘rganish, ularni asrabavaylab orqali erishishimiz mumkin va o‘z salohiyatimiz bilan ma’naviy boyliklarni yanada boyitib kelgusi avlodga yetkazish g‘oyat dolzab masaladir

Abstrakt:

Maqolada jadid ma’rifatparvari Is’hoqxon To‘ra Ibrat ilmiy-falsafiy faoliyati, qoldirgan madaniy merosining Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi ahamiyati, ijodiyotida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy qarashlari ochib berilgan. Manbashunoslik,tarix, adabiyot, tilshunoslik, sayohat janrlari,noshirlik va dinshunoslik kabi sohalarda salmoqli xizmat qilgan alloma Is’hoqxon To‘ra Ibratning jamiyatdagi ijtimoiy illatlar va ularni kelib chiqish sabablariga alohida to‘xtatib o‘tgan “Islohi millat”, “Mezon uz-zamon”singari nodir asarlardan ayrim parchalar ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan.Milliy uyg’onishni ilm-ma’rifat tashkil etishi va u orqali dunyoning mutaraqqiy etgan jamiyatlari bilan bellasha olish mumkinligi,ta’lim-tarbiya hech qachon kechiktirib bo’lamaydigan masalalardan biri ekanligi kabi masalalarga atroflicha to’xtalingan. Shuningdek,o‘zbek ma’rifatparvari, millatparvari Is’hoqxon To‘ra Ibratning hayoti va faoliyati uning asarlari asosida o‘rganilib, uning ijodiga ta’sir ko‘rsatgan mumtoz she’riyat namoyandalari, jadidchilik harakati, jadid maktabi, safardagi sarguzashtlari, millatni isloh etishdagi sa’y-harakatlariga ijtimoiy-falsafiy baho berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yo‘nalish:

Yo‘nalish sohasi:

O‘zbekiston tarixi

Maqola muqovasi
Maqola muqovasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.11499184
Nashr etilgan sana:
21-June, 2024

Maqolaning muallifi

Muallif: Adxamxo’ja Abdullaxo’jayev

Ish joyi: Qo‘qon universiteti

Lavozim: o‘qituvchi

Ilmiy daraja: Katta o'qituvchi