Maqola sarlavhasi:
Kasbiy refleksiya o’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning muhim omili sifatida
Tavsif:
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o’qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi kerak.
Abstrakt:
Ushbu maqolada o’qituvchining refleksiv tizimini rivojlantirish pedagogik faoliyatda o’z imkoniyatlarining zarur ijodiy qismi ekanligi va refleksiv tizimsiz o’qituvchining yuksak mahoratli pedagog sifatida takomillashuvi mumkin emasligi, o’qituvchining refleksiv tizimini rivojlantirishning samaradorligi haqida fikr yuritilgan. Maqola talabalar, pedagoglar, psixologlar va pedagogik refleksiya muammosi bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi
Maqolaning muallifi
Muallif: Munojatxon Asranbayeva
Ish joyi: Namangan davlat pedagogika instituti
Lavozim: O'qituvchi
Ilmiy daraja: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)