Maqola sarlavhasi:
Mutaassib shaxs sotsiopsixologik reabilitatsiyasi
Tavsif:
Mamlakatimizda hukm surib kelayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlik yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq g‘oyalar kurashi avj olayotgan XXI asrda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab muammolar yuzaga kelayotganligi, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning kun sayin paydo bo‘layotganligi va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorlikni talab etmoqda.
Abstrakt:
Maqolada mutaassiblik darajasini o‘lchash bo‘yicha qo‘llanilgan metodiklar sifatida diniy ustanovkalar bo‘yicha metodika, diniy bag‘ikenglik darajasini aniqlash so‘rovnomasi kabi matematik-statistik metodlar hamda tadqiqotning reabilitatsion qismi uchun psixologik korreksion suhbat metodi asos qilib olindi. Dastlab olib borilgan test natijalariga ko‘ra, ma’lum bir sondagi tadqiqot obyekti bo‘lgan sinaluvchilarda mutaassiblik darajasi yuqori ekanligi va olib borilgan bir oylik psixologik-korreksion suhbatdan so‘ng qayta o‘tkazilgan boshqa xuddi o‘sha ikki metodika natijalariga ko‘ra mutaassiblik darajasi nisbatan past ekanligi aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Yosh va pedagogik psixologiya
Maqolaning muallifi
Muallif: Shohruh Shodiboyev
Ish joyi: Xalqaro Nordik universiteti
Lavozim: O'qituvchi
Ilmiy daraja: Magistr