Maqola sarlavhasi:

O‘smirlik davrida psixoemotsional holatlarning o‘ziga xos jihatlari

Maqolaning birlamchi manbasi o‘qish

Abstrakt:

Ushbu maqolada o‘smirlarning psixoemotsional holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, emotsiyalarni tushuntirish kognitiv, fiziologik va xulq-atvor yondashuvlari asosida amalga oshiriladi. Psixoemotsional jarayonlarning shakllanishida biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o‘rtasidagi dinamik o‘zaro ta’sir muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Tadqiqotda g‘arbning ilmiy yondashuvlari (eksperimental metodlar) va sharqning falsafiy-axloqiy qarashlari uyg‘unligi asosida emotsiyalarni tahlil qilish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqotning metodologik qismi o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, K.Rojersning sotsial adaptatsiya metodikasi va N.V.Kirsheva, N.V.Ryabchikova tomonidan ishlab chiqilgan shaxsning stressga chidamliligini baholash testi sinovdan o‘tkazilgan. Psixoemotsional holatlarni yaxshilash va stressga bardoshli shaxslarni tarbiyalash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qiz va o‘g‘il bolalar orasida adaptatsiya va emotsional qabul qilish jihatidan sezilarli farqlar aniqlangan. O‘g‘il bolalar stressli vaziyatlarda tezroq yechim topishga moyil bo‘lsa, qizlar boshqalarni qabul qilishda ustunlik qilishadi.

Tavsif:

Nishonova Lobar Mirzakulovna Xalqaro nordik universiteti magistranti

Kalit so‘zlar:

Yo‘nalish:

Yo‘nalish sohasi:

Etnopsixologiya

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish. Jahonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash, kasbiy-pedagogik faoliyatda innovatsion shakllantirish; ta’limda ilg‘or texnologiya, didaktik vositalar va uskunalardan keng foydalanish, o‘qitishning zamonaviy usullarini integratsiyalash masalalari dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etilib, Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlarda o‘quv jarayonini European Credit Transfer and Accumulation System (ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish, virtual loyihalash (Simulations), masofaviy ta’lim (Moodle, Ilias, Dokeos) shakllarini keng tatbiq etish, axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash, talabalarning akademik mobilligini takomillashtirish, innovatsion mutaxassis kadrlarning kasbiy-pedagogik mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kredit-modul tizimi ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida AQShda joriy etilgan. O‘sha paytda mamlakat oliy ta’lim muassasalari qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturlari asosida faoliyat yuritgan. O‘quv dasturlari, asosan, o‘sha davr diniy falsafasi bilan bog‘liq fanlardan tashkil topgan. Deyarli barcha universitetlarda lotin tili alohida fan sifatida o‘qitilgan. Aslida bu paytga kelib lotin tili allaqachon o‘lik tilga aylanib bo‘lgan edi. Ya’ni, amaliyotda bu tilda deyarli ehtiyoj bo‘lmagan. Universitet o‘quv dasturlarida bu kabi amaliyotda ahamiyatini yo‘qotgan fanlar ko‘lami anchani tashkil qilgan. Natijada universitetlar mutaxasislar tayyorlaydigan dargoh emas balki o‘sha davrda aholining o‘ziga to‘q qatlami shunchaki obro‘ va to‘kinlik belgisi sifatida ta’lim oladigan muassasaga aylanib qolgan. Buning oqibatida oddiy fuqarolar orasida universitetlarga qiziqish kamaya boshlagan.
1869-yilga kelib Garvard Universitetiga o‘sha davrning eng ilg‘or fikrlovchilaridan bo‘lgan Charles Elliot prezident etib saylanadi. Ko‘p o‘tmay u universitetdagi qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturlarini bekor qiladi. Endilikda, Garvard Universitetida talabalar o‘quv dasturida taklif qilinadigan fanlar orasidan o‘zlari xohlagan, qiziqqan fanlarni tanlab, o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ya’ni, har bir talaba endilikda o‘zining universitetdagi o‘qish dasturini ma’lum ma’noda o‘zi shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.
Garvard Universiteti qat’iy o‘quv dasturlardan voz kechgandan so‘ng, universitet oldida bir qancha savollar tug‘ila boshlaydi: xo‘sh endilikda universitetda barcha talabalar uchun bir xil bo‘lgan qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturlar yo‘q. Bunday holatda talabalarning kursdan kursga o‘tishi yoki bitirishi qanday mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin? Ya’ni, talabalarning o‘qish dasturidagi rivojlanishini nimalar bilan o‘lchash mumkin? Talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi uchun qancha bilim egallashi kerak?
Garvard Universiteti bu savollarning barchasiga juda oddiy yechim topadi. Har bir fanga uning o‘qish yuklamasidan kelib chiqib ramziy o‘lchov birliklari, ya’ni kreditlar taqsimlanadi. Ya’ni, har bir fan muayyan miqdordagi kreditlarda aks etadi va talaba bir o‘quv yili oxirigacha muayyan miqdordagi kreditlarni to‘plashi kerakligi belgilab qo‘yiladi. Endilikda, universitet talabalarni o‘quv dasturlaridagi rivojlanishini, muayyan ta’lim darajasiga munosibligini u jamg‘argan kreditlar soniga qarab aniqlay boshlaydi. Bu universitet uchun ham, talabalar uchun ham qulay, tushunish oson bo‘lgan tizim edi. Asta-sekinlik bilan boshqa universitetlar ham Garvard Universiteti amaliyotini o‘zlarida qo‘llay boshlaydi. Qaysi universitetlar shu amaliyotni qo‘llasa yoshlar orasida shu universitetlarga qiziqish orta boshlaydi.
Ya’ni, jamg‘arma Karnegi pullarini o‘qituvchilarga ular o‘qitgan fan kreditlari miqdoriga qarab taqsimlashga qaror qiladi.6 Buning natijasida shu paytgacha kredit tizimini qabul qilmagan universitetlar ham o‘z o‘qituvchilariga jamg‘armadan pul olish maqsadida o‘zlarida kredit tizimini joriy eta boshlaydi. Shunday qilib, 1930-yillarga kelib AQSh oliy ta’lim muassasalarining deyarli barchasi kredit tizimida faoliyat yurita boshlagan edi.
Kredit-modul tizimining yaqin tarixi - ECTS
1976-yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari ta’lim vazirlari mazkur davlatlar universitetlari o‘rtasida hamkorlikda o‘qish dasturlari joriy etish borasida kelishuvga erishishadi. 7 Lekin bu loyihani amalga oshirish, loyihaning moliyaviy va huquqiy tomonlarini ishlab chiqish uchun 10 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Va nihoyat 1987 yilda Yevropa ittifoqining London Sammiti davomida ittifoq a’zo mamlakatlari OTMlari o‘rtasida talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlovchi Erasmus (ERASMUS) dasturi tashkil etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarida o‘qiyotgan talabalar bir yil yoki bir semestr davomida boshqa a’zo davlatlar hududidagi universitetlarda o‘zaro almashlash bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish edi. Yevropa ittifoqi bunday xalqaro talabalar almashinuvi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va dasturning tizimli ijrosi uchun katta miqdorda grantlar ajratadi. Erasmus dasturi natijasi o‘laroq Yevropa universitetlarining ko‘pchiligi unda qatnashish maqsadida o‘zlarida Erasmus ofislarini ocha boshlaydi.
Lekin Erasmus dasturi tashkilotchilari tez orada dastur muvaffaqiyati uchun bir katta muammoni hal etishlari kerakligini tushunib yetishadi. Dastur muvaffaqiyati uchun eng muhim shartlardan biri bu talabalar xorijda o‘rgangan fanlari o‘z universitetiga qaytgandan so‘ng tegishli ta’lim darajasini qo‘lga kiritishlari uchun tan olinishiga erishish edi. Lekin amalda a’zo davlatlar universitetlari o‘quv dasturlarini vaqt, yuklama va mohiyat nuqtai nazaridan qiyoslash mexanizmi mavjud emas edi.
Bu muammoning yechimi sifatida Erasmus dasturi 1989-yilda Amerika kredit tizimi va Niderlandiya oliy ta’lim tizimiga asoslangan holda yangi
kredit-modul tizimi qoidalarini ishlab chiqadi va uni European Credit Transfer System (ECTS) deb nomlaydi. Ushbu qoidalar o‘zida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlarining o‘quv dasturlari, ularda taklif etiladigan fanlarni qiyoslash va talabalar almashlash dasturlari doirasida horij universitetlarida olgan fanlarini o‘z universitetlarida tan olinishi tamoyillarini qamrab olgan edi. ECTS kredit-modul tizimi qoidalarini joriy etish natijasida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvi rivojlana boshlaydi. Dasturida qatnashuvchi universitetlar o‘quv dasturlari xalqaro darajada e’tirofga ega bo‘la boshlaydi.
Hozirda ECTS kredit-modul tizimi Yevropaning 48 davlati oliy ta’lim muassasalari tomonidan turli darajada ta’limni boshqarish usuli sifatida foydalanib kelinmoqda. Bolonya protsessi a’zo davlatlari orasida Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Azarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston ham teng huquqli a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda va ECTS kredit-modul tizimini o‘zlarining OTMlarida joriy etish bo‘yicha harakatlarni olib borishmoqda.
Kredit-modul tizimi yuqoridagi tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan juda muhim saboqlar olish mumkin. Bulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- Kredit-modul tizimi aniq ehtiyojlar asosida paydo bo‘lgan. Eng avvalo u oliy ta’lim o‘quv dasturlariga erkinlik olib kirish, o‘quv dasturlariga tanlov fanlarini kirib kelishi bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari kredit- modul tizimi oliy ta’lim o‘quv dasturlarini “yuqoridan pastga” qarab emas balki “pastdan yuqoriga qarab” ya’ni zamon, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida shakllantirish ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan;
- Kredit-modul tizimi qolaversa mamlakat oliy ta’lim muassasalarini mamlakatdan tashqaridagi universitetlar bilan aloqalarini yaxshilash, mamlakat universitetlarini xalqaro maydonda e’tirof etilishiga erishish ehtiyojlari asosida shakllangan. ECTS kredit-modul tizimining hozirgi kundagi eng asosiy vazifalari bu OTM o‘quv dasturlariga erkinlik, moslashuvchanlik, shaffoflik va talabaga yo‘naltirilgan ta’limni olib kirish.
Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib etishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
Bolonya deklaratsiyasida ko‘zda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan - mustaqil ta’limga urg‘u qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi:
birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama - kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha nimani qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi.
Bolonya deklaratsiyasi
Bugungi kunda ta’lim tizimiga daxldor bo‘lgan kishilar tomonidan Bolonya tizimi, uning ahamiyati bo‘yicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz. Ushbu tizimni yaratish uchun o‘tgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining integratsiyasini ta’minlash, oliy ta’limning yagona standartini yaratish, talabalar va o‘qituvchilar mobilligini yo‘lga qo‘yish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasiga qo‘yiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan sa’y-harakatlar boshlab yuboriladi. Mazkur harakatlarning samarasi o‘laroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi. Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus Respublikasi ham bor.
Bolonya tizimi bo‘yicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam bo‘lmagan bakalavrlar tayyorlash hamda bir yillik magistratura bosqichi. Ko‘pgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli, iqtidori yuqori bo‘lgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini qadrlash bo‘yicha AQSH bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari cheklanganligi, ko‘plab “aql sohiblari”ning ko‘hna qit’ani tark etib, Amerikaga ko‘chib ketish tendensiyasiga qarshi ko‘rilgan chora asosiy sabab bo‘lganini e’tirof etadi.
Bugungi kunda mazkur kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta model keng tarqalgan. Bular Amerika qo‘shma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo - Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS). Ushbu modellarning ichida eng ko‘p tarqalgani AQSH va Yevropa modellaridir.
Metodologiya va metodlar. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma’lumotlar, jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta’minlash, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Asosiy tushunchalar
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
GPA =
K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un , bunda:
K1+K2+K3…+Kn
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho;
O‘quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi bo‘yicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish;
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.
Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Talabalarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi asosida ro‘yxatga olish xizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va biron-bir fanga yozilish yetarli bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy ta’lim trayektoriyasini o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida talabalarga xabar beradi. Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantirib bo‘lingandan so‘ng ro‘yxatga olish xizmati dars jadvalini tuzish uchun oliy ta’lim muassasasi o‘quv-metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga akademik guruhlar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Ro‘yxatga olish xizmati har bir talabani ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va vaqtini belgilaydi (odatda, talaba tomonidan yetarli GPA ko‘rsatkichlarini to‘plaganligi va kontrakt to‘lovlari amalga oshirilganligiga qarab). Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ular bilan akademik va kasbga yo‘naltirish tadbirlari amalga oshirilganidan keyin boshlanadi.
Talabalar tanlagan fanlarini har semestrning dastlabki birinchi haftasi ichida o‘zgartirishi mumkin.
Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatga olish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
guruh murabbiyi ro‘yxatga olish xizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining login va parollarini oladi, talabaga ta’lim jarayonini tushuntiradi, ta’lim dasturi bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni o‘rgatadi;
talaba professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va fanlarga ta’limni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi;
talaba ta’limni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va darslarga qatnashadi.
Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish mexanizmlari
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 - 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ECTS kredit-modul tizimida talaba har bir o‘quv yili uchun to‘plab borishi kerak bo‘lgan kreditlar miqdori oldindan belgilab qo‘yilgan. Bu 60 kreditni tashkil qiladi. Har bir semestr uchun belgilangan kreditlar miqdori esa 30 kreditni tashkil qiladi. Bundan tashqari talaba har bir kreditni qo‘lga kiritish uchun belgilangan o‘qish yuklamasi miqdori ham aniq va bu 25-30 soat oralig‘ida. Shunday ekan talabalarning har o‘quv yilidagi o‘qish yuklamasi o‘rtacha 1500-1800 soat (60*25 = 1500; 60*30= 1800), har semestrdagi o‘qish yuklamasi esa o‘rtacha 750-900 soatni tashkil etadi (30*25 = 750; 30*30= 900). Talabaning bir yillik va bir semestrdagi o‘qish yuklamasi bu miqdordan ko‘p ham, kam ham bo‘lishi mumkin emas.
Shunday ekan talabalarning bir o‘quv yili yoki bir semestr davomidagi o‘qish yuklamasi ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan barcha universitetlarda deyarli bir xil bo‘ladi. Bu birxillik o‘quv dasturlariga barqarorlik va muvozanat olib kiradi. Endilikda OTMlar talabalarga bir semestrda 7 ta fan, ikkinchi semestrda esa 10 ta fanni o‘qishni majburlashi qiyinlashadi. Amaldagi tizimda esa bunday barqarorlik va muvozanatga kafolat yo‘q edi. Shuning uchun talabalar bir semestr davomida ba’zida 7 ta, ba’zida 8 ta, va yana boshqa semestrda esa 10 ta fanni o‘qishlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, hozirda aksariyat mahalliy universitetlarda talabalar bir semestr davomida odatda 8-10 tagacha fanlarni o‘qishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Aslida 8-10 ta fanni 4 oy ichida har tomonlama o‘rganish bu juda muammoli masala. Mamlakatimizdagi amaldagi oliy ta’lim standartlari to‘g‘risidagi qoidalarda ham OTMlar talabalarga haftasiga 36 soatgacha auditoriya mashg‘ulotlari belgilashi mumkinligi qayd etilgan. Bu 5 kunlik o‘quv haftasida kuniga 7 akademik soatni anglatadi. Bunday holatda talaba fanlarni tom ma’noda o‘rganish o‘rniga kunni shunchaki darsdan-darsga, xonadan-xonaga yugurib o‘tkazishlarini tasavvur qilish mumkin xolos. Qolaversa, o‘zi kunning shuncha qismini auditoriyada o‘tkazgan talaba darsdan tashqari vaqtini endi o‘qishga sarflashga xohish va imkoniyat topishiga ishonish qiyin.
Kredit-modul tizimida esa kreditlarning fanlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti 5, 6 yoki 7.5 ni tashkil etadi. Bu degani talaba bir semestrda ko‘pi bilan 4, 5 yoki juda borsa 6 ta fan o‘rganadi (30/7.5=4; 30/6=5; 30/5=6). Bu talabalar semestr davomida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlarning soni amaldagidan ko‘ra ancha qisqarishini anglatadi. Ya’ni, kredit-modul tizimi OTM o‘quv dasturlariga me’yor va sifat olib kirishi, ta’limni tashkil etishda son ko‘rsatkichidan sifat ko‘rsatkichiga o‘tishga xizmat qiladi. Chunki fanlar sonining bu tarzda qisqarishi, endilikda talabalar o‘z vaqt va imkoniyatlarini ana shu kam sonli fanlarni chuqurroq va har tomonlama o‘rganishlariga imkoniyat yaratadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o‘rni beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda masofaviy ta’lim texnologiyalariga oid fanlar va ularni o‘qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Biz hozirgi kunlarda Buxoro davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishi talabalariga o‘qitilayotgan “Axborot texnologiyalari” fanining o‘quv modullarini joylashtirish uning imkoniyat va afzalliklari ustida ilmiy-amaliy ishlarni bajarib kelmoqdamiz. Avvalo mavzuning nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni o‘rganish, shu bilan birga oliy ta’lim muasasalarida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusinining mazmun mohiyatini o‘rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etishni ustida ishlamoqdamiz. Bunda biz avvalo shu ish uchun muhim bo‘lgan adabiyotlar masalan: N.N. Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmalarini, F.M. Zakirovaning “Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmani, A.M. Anisimovning “MOODLE masofaviy o‘qitish tizimida ishlash” nomli o‘quv qo‘llanmalarini, L.V. Golish va D.M. Fayzullayevalarning “Pedagogik texnologiyalami loyihalashtirish va rejalashtirish” nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmalarini, F. Zakirova, U. Muxamedxanov, Sh. Sharipov, R. Isyanov, F. Esanboboyev, S. Dottoyevlarning “Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmalarini internet orqali muhim ma'lumotlar bilan tanishdik va tahlil qilib chiqdik. Shundan so‘ng oldimizga quyidagilarni maqsad qilib oldik:
- “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusini taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;
- “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi yordamida o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish;
- “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusidan o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash;
- Oliy ta’lim muassasalarida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi orqali o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Moodle - bu o‘qituvchilar tomonidan online-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko‘pincha E-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham atashadi.
Moodle avtori - Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursini tugatgandan keyin, u “The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry” mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’limni qo‘llab - quvvatlash platformasini yaratish g‘oyasi unda 1999-yilda Curtin University (Avstraliya) Universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua funksional imkoniyatlarini o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o‘qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi. Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o‘qitish uchun ishlatishmoqda.
Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL litsenziyasi ostida (http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta’minot kabi tarqalmoqda. Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o‘zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikatsiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo‘yicha kirish mumkin Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo‘yicha olish mumkin.
Moodle so‘zi - bu - Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment! So‘zining abbreviaturasidir. Rus tilida - Мудл va - Моодус (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляюшая среда) nomlari ham qo‘llaniladi. Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware peratsion tizimlari va PHP ishlatilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarga ham modifikatsiyalarsiz qo‘llanilishi mumkin. Ma’lumotlar MySQL va PostgreSQL ma'lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma’lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o‘tishda qiyinchiliklar va yangilanishlar kelib chiqmaydi. Moodle MO‘T ning yangi versiyasini http://www.moodle.org dan olish mumkin.
Hozirgi vaqtda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga katta e'tabor berilmoqda. Yangidan qurib ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, qayta rekonstruksiya qilinayotgan oliy talim muasasalar ularning jahon andozalari darajasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi hamda barcha fanlarni zamonaviy kompiyuterlardan foydalanib mashg‘ulotlar o‘tishda
professor-o‘qituvchilarning professional tayyorgarligi yuksak darajada bo‘lishini taqazo etadi.
Bugungi, axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, har bir tashkilotning internet tarmog‘ida “virtual yuzi” bo‘lish zarurati tug‘ilmoqda, ayniqsa ta’lim muassasalarida virtual universitetlarni rivojlanishi tyutorlikka ya’ni masofaviy ta’lim o‘qituvchisiga bo‘lgan talabning ko‘payishi natijasida ta’limiy web saytlarni yaratish bugungi kunnnig dolzarb muammolari hisoblanadi. Web - sayt hozirgi kunda juda ko‘p vazifalarni hal qilmoqda, taklif qog‘ozchasiga aylanib bormoqda, ta’lim funksiyalarini amalga oshirmoqda va yangi foydalanuvchi yoki mijozlarni jalb qilmoqda. Bugungi kunda juda ko‘p ta’lim saytlari mavjud. Lekin ta’limiy web - saytni yaratish va uni internet tarmog‘iga joylashtirish bilan ta’limiy web - sayt ustida ishlar yakunlanmagan bo‘ladi. Foydalanuvchi talabiga javob bermaydigan ta’limiy saytning ichki tarkibi
- bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri. Bu mavzu juda ko‘p izlanishlarda yoritilgan ham.
“BuxDU virtual ta’lim muhiti” masofaviy ta’lim tizimi talabalarni masofadan turib o‘qitish mo‘ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o‘qishi, o‘qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O‘qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab turishi va o‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o‘qituvchi tuzgan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo‘lib jahon standarlariga javob beradi.
Hozirgi kunda bir qancha ta’limiy web sayt yaratuvch dasturlar mavjud. Ulardan LMS tizimlari bo‘lib, bizning ishimizda o‘quv jarayonini boshqarishda ushbu tizimlar yordamidan foydalanish va bu orqali qanday qilib masofaviy ta’limning ajramas qismi bo‘lgan o‘quv modullarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish bo‘lib bu borada biz elektron uslubiy qo‘llanmani tayyorlashga
erishdik.
Bundan tashqari ishimizning nazariy qismini amaliy sohasi tahlil qilingan va ulardan eng ommaviysi hisoblanadigan Moodle platformasidan foydalanib o‘quv jarayonini boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni yechishga qaratilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusini o‘qitishda innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlilining nazariy asoslari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi o‘quv moduli ishlanmasi keys to‘plami, amaliy topshiriqlar ishlab chiqilgan. Bunda asosan dars jarayonida qo‘llash uchun vaziyatli rolli - o‘yin uslubi bo‘yicha mustaqil ishlar uchun keys-vazifalar keltirilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida mavzuni talabalar tomonidan yanada yaxshi o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan nazorat savollari test savollari tuzildi va pedagogik amaliyot vaqtida dars jarayoniga qo‘llandi va aniq natijalarga erishildi.
Shu bilan bir qatorda mavzuga oid amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi va bu topshiriqlar asosida o‘tkazilgan ochiq darsda talabalarga bir qator vazifalar berildi.
Talabalar bu ishlab chiqilgan topshiriqlardan foydalanib, mustaqil o‘zlari berilgan vazifalarni bajarishlari mumkin.
Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda bu magistrlik dissertatsiya ishimizda ta’limiy web - sayt tushunchasining asl mohiyati va ularning klassifikatsiyasi, LMS tizimlari boshqaruv tushunchasi va yaratish bosqichlari tahlili, saytni keyinchalik “aylantirish” va rivojlantirishni o‘rganish kabi oldimizga qo‘yilgan vazifalar hal qilindi. Mavzuni yoritishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.
Pedagogik o‘lchovlarning didaktik vazifalari va ularning nazariy asoslari kredit-modul tizimida samarali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytiradi. Talabalar bilimini obyektiv baholash va shaffof monitoring tizimini joriy etish orqali ta’lim jarayonining sifatini oshirish mumkinligi aniqlandi. Bu jarayonda innovatsion texnologiyalardan foydalanish pedagogik baholashda yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kredit-modul tizimiga o‘tishda bir qator muammoli jihatlarga e’tiborimizni qaratishimiz va bu tizimning afzallik jihatlariga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil ta’lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta’lim tizimida auditoriya yuklamalariga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 6 kreditlik fanni o‘zlashtirgan bo‘lsa, u 6 kredit hajmidagi ishni bajargan hisoblanadi, ya’ni u ushbu fanning ma’ruzalarida, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan hisoblanadi. Demak, bu fanni o‘zlashtirgan talaba uni qanday bahoga o‘zlashtirganidan qat’iy nazar u 6 kreditni qo‘lga kiritadi.
Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni faqat “kredit” va “modul” atamalari orqali izohlash yetarli bo‘lmaydi. Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qo‘llanilgan. Kredit-modul tizimining mohiyatini boshqacha qo‘yidagi usulda ochib berish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, asosiy tamoyillar, kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlari qo‘yidagicha.
Avval ta’kidlab o‘tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari qisman O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga tatbiq qilingan. Bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun yangi bo‘lgan va amaldagi ta’lim tizimida mavjud bo‘lmagan quyidagi muammoli jihati va afzalliklarini va uni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni keltirib o‘tamiz:
1) Oliy ta’limning samaradorligi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar 1- kursdan boshlab yo‘nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo‘yicha ajratilib ixtisoslik fanlarini o‘qishni boshlashadi. Ya’ni, biz talabani hali abiturientlik paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib qo‘yamiz. Kredit-modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.
Ilg‘or xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga ajratish orqali, 1-2 kurslarda tayanch fanlarni, 3-4 kurslarda esa tanlov asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish mumkin. Demak, endilikda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli bo‘ladi. Bu esa oliy ta’limning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi.
2) “Talaba-o‘qituvchi” nisbati. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, o‘quv rejalardagi takrorlanadigan fanlarni har xil mutaxassisliklar bo‘yicha alohida o‘qitish, auditoriya soatlari hajmini oshirish kabi holatlar mavjud. Bunday jarayonlar o‘quv yuklamalarining keskin oshishiga sabab bo‘ladi.
Biroq, biz bilamizki oliy o‘quv yurtida bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan yuklama hajmi oliy o‘quv yurti bo‘yicha umumiy o‘quv yuklamasi hajmini talabalar soni asosida hisoblangan o‘qituvchilar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ya’ni, o‘qituvchilar shtati o‘quv yuklamalari asosida belgilanmaydi, balki talaba- o‘qituvchi nisbati orqali belgilanadi. Oliy o‘quv yurti bo‘yicha umumiy o‘qituvchilar soni aniqlangandan so‘ng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi, bunda esa kafedra o‘quv yuklamalari hajmiga asoslaniladi.
Kredit-modul tizimida talaba-o‘qituvchi nisbati 16:1 va undan ham yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunga auditoriya yuklamalarini kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, o‘quv rejalarni unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish mumkin.
3) Talabaning mustaqil ish turlari. Amaldagi ta’lim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga ko‘proq e’tibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy e’tibor qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur o‘rganilmagan.
Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi “O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi” va o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan “Mustaqil ta’lim” muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishiga: keyslar, topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun alohida o‘quv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. Mustaqil ta’limga esa vodkastlar, o‘rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni misol qilib keltirish mumkin. O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta’lim turlari ro‘yxatini, glossariylarni, ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni zarur darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala - har bir fan bo‘yicha o‘ziga xos o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta’lim turlarini ishlab chiqishdir. Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy ta’lim platformalarida shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu jarayonlarni ilg‘or pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali jadallashtirish mumkin.
4) O‘quv rejalarining mosligi. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bir xil yo‘nalishdagi o‘quv rejalarning turdosh OTMlarda o‘zaro farq qilishini kuzatish mumkin. Kredit-modul tizimi joriy qilinishi bilan esa o‘quv rejalar Bolonya jarayoni ishtirokchi davlatlaridagi o‘quv rejalarga to‘liq mos bo‘ladi va diplomlarning o‘zaro tan olinishiga sharoit yaratiladi. Buning uchun birinchi nav-batda o‘quv rejalarimizning xorijiy o‘quv rejalarga mosligini tahlil qilishimiz zarur.
5) Ta’lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta’lim mazmuni “ta’lim natijalari” asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, talabalarga o‘qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ochig‘i, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki o‘quv rejalariga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra har xil fanlar kirib qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin.
Birinchidan - bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi.
Ikkinchidan - o‘quv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari va sillabuslari mazmuniga mo‘ljal olinadigan bo‘lsa kamroq xatoga yo‘l qo‘yiladi va bu ishni mutaxassislik kafedralarining mas’ul o‘qituvchilarining imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.
O‘quv rejalarini shakllantirib bo‘lganimizdan so‘ng “tanlov fanlari katalogi”ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu orqali o‘quv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar iste’molchilarining talablariga qay darajada mos kelishini bilib olish mumkin.
6) Registrator Ofisi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar kontingenti bilan dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar shug‘ullanishadi. Talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma esa mavjud emas.
Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan bo‘linma - Registrator Ofisi shug‘ullanadi. Uning vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish (Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq attestatsiyalarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.
7) Modulli o‘qitish. Kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi. Ya’ni har bir modul (fan va uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.
8) Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish amaliyoti qo‘llaniladi. Ya’ni, talabaga o‘z shaxsiy traektoriyasini tuzish va har semestrda boshqa akademik guruhda o‘qish imkoni beriladi.
Shuningdek, talabalarni tabaqalab o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratiladi, bunda ilg‘or talabalarni alohida o‘qitish orqali ta’lim samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin.
9) Yozgi semestr va ekstern imtihonlar. Sust o‘qiydigan talabalarning fanlarni qayta-qayta topshirishlariga chek qo‘yiladi. Fanni birinchi qayta topshirishdan o‘ta olmagan talabaga yozgi semestrda fanni qayta o‘qishga imkon beriladi.
Ilg‘or talabalarga esa semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.
10) Baholash tizimining shaffofligi. Amaldagi ta’lim tizimida haligacha “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib - o‘zi baholash” amaliyotini kuzatish mumkin.
Kredit-modul tizimida esa o‘qituvchi asosan o‘qitish bilan shug‘ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Ya’ni, pedagoglar “lektor” va “tyutor” larga ajratiladi. Lektor - nazariy bilim beradi, tyutor - nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ3775-sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning o‘zlashtirish darajasi - professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib belgilandi. Ya’ni, endilikda “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib-o‘zi baholash” usuli kun tartibidan olib tashlandi.
Muhoma. Mazkur tadqiqotda kredit-modul tizimining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga joriy qilinishi va uning pedagogik o‘lchovlar orqali ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida ushbu tizimning asosiy jihatlari, didaktik imkoniyatlari va baholash texnologiyalari aniqlandi. Kredit-modul tizimi xalqaro miqyosda ta’lim sifatini oshirish va baholashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan bo‘lib, uning O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini zamonaviylashtirishga, talabalarni mustaqil va ijodiy fikrlovchi shaxslar sifatida rivojlantirishga yordam beradi.
Kredit-modul tizimi sharoitida pedagogik o‘lchovlarning didaktik vazifalarini amalga oshirish texnologiyalari samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish natijasida ushbu tizimning bir qancha afzalliklari aniqlandi. Kredit-modul tizimi talabaga o‘quv yuklamasini mustaqil rejalashtirish, kerakli fanlarni tanlash imkoniyatini beradi, shuningdek, bu tizim ta’limda interfaol metodlar, diagnostik va formatli baholash vositalaridan keng foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Talabalarning bilim darajasini baholashda yangi usullar – o‘zaro baholash, o‘z-o‘zini baholash va loyiha asosida baholash kabi texnologiyalar joriy etilishi orqali talabalar o‘rtasida tanqidiy va tahliliy fikrlash rivojlantiriladi. Bu nafaqat baholash tizimining shaffofligini ta’minlaydi, balki ta’lim jarayonining o‘zini ham sifatli tashkil etishga yordam beradi.
Kredit-modul tizimi pedagogik o‘lchovlar va didaktik vazifalar asosida o‘quv jarayonini boshqarishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu tizimni to‘g‘ri tashkil qilish orqali o‘quv jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish mumkin. Jumladan, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi. Pedagogik o‘lchov texnologiyalari talabalarning bilim va ko‘nikmalarini obyektiv baholash uchun samarali usul sifatida xizmat qiladi, bu esa natijada ta’lim sifatini nazorat qilishda asosiy omil hisoblanadi.
Xulosa. Kredit-modul tizimining afzalliklaridan biri sifatida, bu tizim talabaning kasbiy malaka va bilim darajasini doimiy ravishda rivojlantirishga yo‘naltirilgani ta’kidlandi. Tadqiqot davomida ushbu tizimda talabaning bilim darajasini baholashda ilg‘or texnologiyalar va yangi metodlardan foydalanish imkoniyatlari ochib berildi. Pedagogik o‘lchovlar talabaning bilim olish jarayonidagi har bir bosqichni samarali tahlil qilish va bu jarayonda talabaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchi tomonidan talaba bilan individual ishlashda aniq strategiya va metodlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimiga o‘tish ta’lim sifatini oshirishga, o‘quv jarayonini demokratlashtirishga va xalqaro talablarga moslashtirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Kredit-modul tizimi nafaqat baholashni obyektiv va shaffof qilish, balki ta’limda mustaqil o‘qish va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatimizda zamonaviy, raqobatbardosh va bilimli kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.
Umuman olganda, ushbu tadqiqot O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimini to‘g‘ri qo‘llash orqali talabalar bilimini obyektiv baholash imkoniyatini yaratishga hissa qo‘shadi. Bu tizim oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishda, shuningdek, o‘qitish jarayonining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va iqtiboslar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.
2. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma.-Toshkent, TKTI, 2020. - 120 bet.
3. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 24 iyuldagi 569-son Qarori.
INTERNET HAVOLALARI
1. https://lex.uz/acts/-3715562
2. https://www.sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/8525/7800
3. https://interonconf.org/index.php/ger/article/download/4418/3955
4. https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/782
Maqola muqovasi
DOI
https://journal.nordicuniversity.org/
Nashr etilgan sana:
04-November, 2025

Maqolaning muallifi

Muallif: Nishova Lobar Mirzakulovna

Ish joyi: IIV ning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

Lavozim: o'qituvchi

Ilmiy daraja: Magistratura