Abstract
Ushbu maqola biologiya o‘qitish jarayonida ekologik-integrativ yondashuvlarni o‘rganishga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — xalqaro tajribadagi ekologikintegrativ modellarni tahlil qilish va O‘zbekiston ta’lim tizimida biologiya o‘qitish jarayoniga ushbu yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini aniqlashdir. Tadqiqot muammosi shundan iborat: O‘zbekiston umumta’lim maktablarining 7–11-sinf biologiya dasturlarida fanlararo ekologik integratsiya tizimli tarzda amalga oshirilmaydi. Bu esa o‘quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiya samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tarixiy tahlil va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Manba sifatida xalqaro ilmiy maqolalar, Kembrij va Singapur, Finlyandiya va Germaniya milliy ta'lim dasturlari, GreenComp (Bianchi va boshq., 2022) doirasi hamda O‘zbekistonning amaldagi normativ hujjatlari tahlil qilindi.
Keywords
References
Rights & License
This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.