Maqola sarlavhasi:
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash metodikasi
Abstrakt:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, usullari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Innovatsion texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda qanday ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarishi yoritib beriladi. Interaktiv usullar, raqamli vositalar, onlayn platformalar va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali o‘qituvchilarning o‘quvchilarga individual yondashuvi, ta’lim jarayonining samaradorligi va ijodkorlikni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Tavsif:
Jahon ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash so‘nggi yillarda dolzarb yo‘nalishga aylandi. Rivojlangan davlatlar pedagogik jarayonlarni modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratib, o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni tadqiq etmoqdalar. Xususan Finlyandiyada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. O‘quv dasturlari shaxsiylashtirilgan o‘quv jarayonini tashkil qilishga yo‘naltirilgan. Interaktiv platformalar va virtual o‘quv xonalari orqali pedagogik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. O‘qituvchilarni tayyorlashda turli texnologik vositalar, masalan, EdTech va Gamification texnologiyalari qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodkorligi oshgani va ta’lim jarayonini samarali tashkil eta olish ko‘nikmalari shakllangani qayd etilgan.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Hammualliflar
| Muallif | Ilmiy daraja | Ish joyi | Lavozim |
|---|---|---|---|
| Odil Qo'ysinov | DSc, Proffessor | Xalqaro Nordik universiteti | Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor |
Foydalanilgan adabiyotlar
| Оʻzbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Оliy tа’lim tizimini yаnаdа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri tоʻg‘risidа”gi PQ-2909-sоnli qаrоri. Tоshkеnt sh., 2017-yil 20-аprеl. |
| • Оʻzbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Umumiy оʻrtа vа оʻrtа mахsus, kаsb-hunаr tа’limining dаvlаt tа’lim stаndаrtlаrini tаsdiqlаsh tоʻgʻrisidа”gi 187-sоnli qаrоri. Tоshkеnt sh., 2017-yil 6-аprеl. |
| • Оʻzbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Хаlq tа’limi tizimidа tа’lim sifаtini bаhоlаsh sоhаsidаgi хаlqаrо tаdqiqоtlаrni tаshkil еtish chоrа-tаdbirlаri tоʻgʻrisidа”gi 997-sоnli qаrоri. Tоshkеnt sh., 2018-yil 8-dеkаbr. |
| • Qо‘ysinоv О.А. Kаsb tа’limi yо‘nаlishi bаkаlаvr о‘qituvchilаrni tаyyоrlаshdа mustаqil tа’limning ilmiy - mеtоdik аsоslаri”, 2008. |
| • Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik / O‘quv qo‘llanma. B.S.Abdullayeva va boshq. – T.: “Navro‘z” nashriyoti, 2020. – 256 b. |
| • Jumayev M.E. O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini tarbiyalash: Ped. fanl. nomz. ... diss. avtoref. – Т.: 1999 |
| • Musurmonov R., Qahhorova F. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslari. – Т.: Fan, 2007. |

Maqolaning muallifi
Muallif: Nozimabonu Tojiboyeva
Ish joyi: AL-JABR xususiy maktabi
Lavozim: Oʻqituvchi
Ilmiy daraja: Magistr
