Ekologik barqarorlik: inson faoliyatida muvozanatni saqlashning falsafiy asoslari

Abstract

Maqolada ekologik barqarorlikni ta’minlashning falsafiy asoslari qurolli mojarolar sharoiti misolida tadqiq etilgan bo‘lib, ekologiya falsafasining klassik paradigmalari (antropotsentrizm va ekotsentrizm) inson faoliyatini asosan tinch xo‘jalik faoliyati doirasida talqin qilinadi. Shu bois qurolli mojaro sharoitidagi ekologik buzilishni izohlash imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Xalqaro gumanitar huquq esa aksincha, atrof-muhitni himoya qiluvchi normalarni ishlab chiqqan bo‘lsa-da, ularni asosan instrumental tarzda, ya’ni insonga yetkaziladigan zarar orqali asoslaydi. Tadqiqotning maqsadi ushbu normativ bo‘shliqni falsafiy jihatdan to‘ldirish va “ekologik barqarorlik va ekologik xavfsizlik” uzviyligining nazariy modelini ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotda falsafiy-germenevtik, qiyosiy-paradigmal, tizimli tahlil hamda xalqaro-huquqiy hujjatlarning kontent-tahlili metodlaridan foydalanildi. Empirik illyustrativ baza sifatida qurolli mojarolarning ekologik oqibatlariga oid xalqaro monitoring ma’lumotlari jalb etildi. Tadqiqot natijasida qurolli mojaroning ekologik ta’siri uch darajali zanjir sifatida modellashtirildi.

Keywords

ekologik barqarorlikekologik xavfsizliekologiya falsafasiqurolli mojaromas’uliyat etikasiantropotsentrizmekotsentrizmMartens deklaratsiyasi
Ekologik barqarorlik muammosi XXI asr ijtimoiy-falsafiy tafakkurining markaziy mavzularidan biriga aylandi. Biroq ushbu muammoning tadqiq etilishida sezilarli assimmetriya kuzatiladi. Ilmiy adabiyotda inson faoliyatining tabiatga ta’siri, qoida tariqasida, tinch xo‘jalik faoliyati nuqtai nazaridan, ya’ni sanoatlashuv, urbanizatsiya, iste’mol o‘sishi va resurslardan foydalanish jarayonlari orqali tahlil qilinadi. Shu bilan birga, insoniyat tarixida tabiiy muhitga eng qisqa muddatda eng katta ko‘lamli zarar yetkazgan faoliyat turi bo‘lmish qurolli mojaro falsafiy tahlil doirasidan ko‘pincha chetda qolmoqda. Bu esa ekologik barqarorlik nazariyasining ichki to‘liqsizligini keltirib chiqaradi. Tabiatga nisbatan mas’uliyat haqidagi ta’limot aynan mas’uliyat eng ko‘p buziladigan holatni izohlashga ojizlik qiladi.

References

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 464 b., O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil 30-apreldagi umumxalq referendumida qabul qilingan tahrir). IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar., “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni., Jonas H. The Imperative of Responsibility: In Search of an Ethics for the Technological Age. – Chicago: University of Chicago Press, 1984. – 255 p., Leopold A. A Sand County Almanac, and Sketches Here and There. – New York: Oxford University Press, 1949. – 226 p., Naess A. The Shallow and the Deep, Long-Range Ecology Movement. A Summary // Inquiry. – 1973. – Vol. 16, No. 1. – P. 95–100., Bookchin M. The Ecology of Freedom: The Emergence and Dissolution of Hierarchy. – Palo Alto: Cheshire Books, 1982. – 385 p., Buzan B., Wæver O., de Wilde J. Security: A New Framework for Analysis. – Boulder: Lynne Rienner Publishers, 1998. – 239 p., Meisels T. Environmental Ethics of War. Elements in International Relations. – Cambridge: Cambridge University Press.

Rights & License

CREATIVECOMMONSCCBY
Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)

This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.

International Nordic University Scientific Journal

Advancing knowledge through peer-reviewed research and academic excellence.

Contact

  • Tashkent, Uzbekistan
  • info@nordicuniversity.org

Social Media

© 2026 International Nordic University Scientific Journal. All rights reserved.
Sitemap International Nordic University, Tashkent