Maqola sarlavhasi:

Moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq tuzishni takomillashtirish masalalari

Maqolaning birlamchi manbasi o‘qish

Abstrakt:

Maqolada elektr energetikasi tarmog‘idagi korxonalarning asosiy moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tuzish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisoboti, pul mablag‘lari harakati hisoboti hamda xususiy kapital o‘zgarishlari hisobotini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari ochib berilgan. Muallif tomonidan elektr energetikasi sohasidagi yirik aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilingan. Aktivlarning tarkibi va tuzilishi, xususiy kapitalning shakllanishi, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari, asosiy vositalar va debitorlik qarzlarining dinamikasi 2020-2024 yillar kesimida o‘rganilgan. Tadqiqotda MHXSga o‘tishning korxonalarning investisiya jozibadorligini oshirish va xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati asoslangan.

Tavsif:

O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida milliy korxonalarning xalqaro moliya bozorlariga chiqishi va xorijiy investorlarni jalb qilishi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro miqyosda tan olingan standartlarga muvofiq tuzishiga bog‘liqdir. Mamlakat Prezidenti tomonidan 2020 yil 24 fevralda qabul qilingan PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror bu borada muhim qadam bo‘lib, milliy iqtisodiyotni zamonaviy talablarga moslashtirish yo‘lida ilg‘or tashabbusdir.

Kalit so‘zlar:

Yo‘nalish:

Yo‘nalish sohasi:

Buxgalteriya hisobi va audit

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 2016-yil 13-aprel, O‘RQ-404-son Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qarori «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida».
3. MHXS (IAS) 1 «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» xalqaro standarti. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi, 2023.
4. MHXS (IAS) 7 «Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot» xalqaro standarti. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi, 2023.
5. Qurbanov Z.N., Akramov F.A. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning dolzarb masalalari. «Biznes-ekspert» jurnali, 2015 yil, 4-son.
6. Sobirov O. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasida takomillashtirish. «Xalqaro moliya va hisob» ilmiy jurnali, № 3, iyun, 2021 yil.
7. Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Darslik. Toshkent, 2019.
8. «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2020-2024 yillar uchun moliyaviy hisobotlari. Toshkent.
9. «Xududiy elektr tarmoklari» AJning 2020-2024 yillar uchun moliyaviy hisobotlari. Toshkent.
10. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoklari» AJning 2020-2024 yillar uchun moliyaviy hisobotlari. Toshkent.
Maqola muqovasi
DOI
https://journal.nordicuniversity.org/
Nashr etilgan sana:
28-November, 2025

Maqolaning muallifi

Muallif: Ahmadjonov Azimjon

Ish joyi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Lavozim: O‘qituvchi

Ilmiy daraja: PhD