Maqola sarlavhasi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashning xorij tajribasi
Abstrakt:
Dunyo davlatlarida inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida inklyuziv bandlik e’tirof etilmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishsizligi, mehnat faoliyatini olib boorish jarayoni hamda bandlik siyosatini tashkiliy-amaliy mexanizmlarini takomillashtirish va mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarga ustuvorlik sifatida qaysi yo‘nalishlarni belgilab olish zarurligini aniqlash uchun tahlillar olib boriladi. Tadqiqot doirasida xorijiy mamlakatlarning inklyuziv bandlikni ta’minlash bo‘yicha real tajribalarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
Tavsif:
Jahon iqtisodiyotida inklyuziv bandlikni ta’minlash mehnat bozorida teng imkoniyatlarni yaratish, aholining har xil ijtimoiy qatlamlari, jumladan, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan toifalarni iqtisodiy faollikka jalb qilish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil hisoblanadi. Inklyuziv bandlik ijtimoiy adolat va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlab, resurslardan foydalanishni optimallashtiradi va ichki talabni rag‘batlantiradi. Jahonda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun inson kapitali samaradorligini rivojlantirish, munosib bandlikni ta’minlash va inklyuziv iqtisodiyotga o‘tishning zamonaviy tendentsiyalari ro‘y bermoqda
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Ijtimoiy falsafa
Foydalanilgan adabiyotlar
| 1. BMT web-sahifasi: https://sdgs.un.org/goals/goal8 |
| 2. Norhasyikin Rozali, Promoting Social Entrepreneurship among Entrepreneur with Disabilities in Contribution for Community // ProQuest, Malaysia Perlis, 2018-y. 2-b jami 5 b. URL: https://doi.org/10.1051/matecconf/201815005101 |
| 3. MUCET 2017 |
| 4. Akihiro Sugino, Work and the blind identity in Japan with reference to the British experience // ProQuest, London School of Economics and Political Science, 2014-y. 125-b jami 308 b. |
| 5. Gerald L. White, Problem-solving, self-efficacy, community integration, and employment of blind adults // ProQuest, University of Arkansas 2013-y. 10-b. jami 101 b. |
| 6. Margaret Anne, Factors correlated with employment outcomes for individuals who are blind or visually impaired // ProQuest, George Mason University, 2004-y. 3=b. jami 159 b. |
| 7. URL: http://azkurs.org/pars_docs/refs/145/144053/144053.pdf |
| 8. Maritza Fajardo, Pablo J. Castro-Carrasco, Teachers’ subjective theories about the employment integration their blind students // ProQuist, Chili 2020-y. 8-b. jami 11 b. |
| 9. Maritza Fajardo 1; Pablo J. Castro-Carrasco |
| 10. Трудоустройство людей с ограниченными возможностями. Сайт Минтруда РФ. [Электронный ресурс] |
| 11. URL: https://rosmintrud.ru/employment/resettlement (дата обращения 13.12.2019). |
| 12. Vadin N.I. Совершенствование механизма трудоустройства инвалидов в России. // Avtoreferat, Moskva – 2020, 4-b. Jami 33 b. |
| 13. Россия в цифрах. 2019: Крат. стат. сб. / Росстат – М., Р76 2019 – С. 238. |
| 14. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-york, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida // Lex.uz, 695-son, 08.06.2021 y. |
| 15. Q. Isayev, Har bir inson – bebaho kapital // xalq so’zi, № 34, 18.02.2023-y. 4-b. |
| 16. Ногиронлар ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция - Toshkent: Baktria press, 2013, 35-36 betlar, jami 56 b. |
| 17. http://azkurs.org/pars_docs/refs/145/144053/144053.pdf |

Maqolaning muallifi
Muallif: Usmonov Ziyodulla
Ish joyi: Osiyo texnalogiyalar universiteti
Lavozim: Katta o‘qituvchi
Ilmiy daraja: PhD
