Maqola sarlavhasi:
O‘zbekistonda internet-marketingini rivojlantirish samaradorligi
Tavsif:
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi va raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanish sharoitida korxonalarning ichki bozorda o‘z mavqeini saqlashi hamda jahon bozoriga kirib borishi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish, marketing tadqiqotlarining yangi bosqichiga o‘tish internet-marketingni rivojlantirishni talab etmoqda.
Abstrakt:
Jahonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va xizmatlar sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi raqamli xizmatlar, jumladan, elektron tijoratning kengayishi uchun sharoit yaratmoqda. Shu sababli maqolada elektron tijoratni samarali rivojlantirish borasidagi tajribalar negizida uning shakllanishi, elektron tijorat asosida virtual to‘lovlar tizimining amal qilishi va uning xavfsizligini ta’minlash, elektron tijorat sohasini tartibga solish, eng maqbul tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini joriy qilish, elektron tijorat tizimining rivojlanish samaradorligini baholash, mazkur sohada innovatsiyalarni boshqarish tizimini takomillashtirish, chakana savdo korxonalarida elektron tijorat tizimining shakllanish shart-sharoitlari va omillarini aniqlash kabi yo‘nalishlardagi ilmiy muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Marketing
Maqolaning muallifi
Muallif: Zuxra Madiyeva
Ish joyi: Xalqaro Nordik Universiteti
Lavozim: Ilmiy departament mutaxassisi
Ilmiy daraja: Mustaqil izlanuvchi