Abstract
Xalqaro tashkilotlarning tan olishicha, yashil texnologiyalar tushunchasining umumiy qabul qilingan yagona ta’rifi yo‘q. Bu holat sanoat iqtisodiyoti uchun amaliy to‘siq tug‘diradi, chunki operatsional ta’rifsiz sanoatda yashil texnologiyalarni joriy etish ko‘lamini statistik o‘lchab bo‘lmaydi. Tadqiqotning maqsadi mavjud institutsional va akademik ta’riflarni qiyoslab, ular orasidan sanoat darajasida o‘lchash uchun amaliy asos bo‘la oladiganini aniqlashdan iborat. Maqolada ta’rif yoki tasnifni bevosita taklif qiluvchi yettita birlamchi hujjat tanlandi. Ular operatsional ta’rif talablaridan kelib chiqqan to‘rt mezon bo‘yicha qiyoslandi. Natijaga ko‘ra, yettita ta’rifdan faqat bittasi, ya’ni Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti hamda Yevropa statistika xizmatining qo‘shma ta’rifi rasmiy tasniflagichlarga bevosita bog‘langan. U NACE rev.2, CPA, CEPA 2000 va CReMA 2008 tizimlariga, savdo tahlilida esa HS va CN kodlariga tayanadi. Qolgan oltita ta’rif natijaga qarab beriladi va o‘lchash chegarasini belgilamaydi. Xulosa O‘zbekistonda yashil texnologiyalar bo‘yicha statistik hisob toifasini shakllantirishda qaysi xalqaro tizimga tayanish kerakligini ko‘rsatadi. Tadqiqot cheklovi shundan iboratki, ish nazariy-tahliliy xarakterga ega va taklif etilgan yondashuv empirik sinovdan o‘tkazilmagan.
Keywords
References
Rights & License
This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.