article.abstract
Ushbu maqolada “PISA” xalqaro o‘quvchilarning bilim darajasi va aqliy salohiyatini baholovchi dasturining tarixiy konseptsiyasi, qo‘llanilishi bosqichlari, rivojlanishi yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda mamlakatlarning tallit tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim jihatlari tahlili statistik tadqiqot metodidan faol foydalangan holda amalga oshirilgan. Shuningdek qonun hujjatlari va president farmoishlari asosida ushbu dasturning ahamiyatlilik darajasi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Tadqiqotimiz mavzusiga aloqador bir nechta mahaliy va xorijiy tadqiqotchi olimlarniing ilmiy izlanishlari tahlili ham amalga oshirilgan. Tahlil qilingan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari tahlili natijasida shuni ko‘rishimiz mumkinki, xalqaro “PISA” dasturi mamlakatlarning bir qator sohalarida, xususan ta’lim tizimi, iqtisodiyot tarmoqlar va sohalari, sanoat sohalari va yana bir qator tarmoqlar bilan bilvosita ta’sirini ko‘rish mumkin. Tadqiqotda so‘nddi 5-10 yillik ma’lumotlardan foydalanib, Jahon banki, BMT, STAT.UZ va yana bir qator ma’lumotlar bazasidan faol foydalanildi.
article.keywords
article.references
article.license
article.license.text