Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilini kasbiy yo‘nalishda (ESP) o‘rganuvchi talabalar lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda vazifaga asoslangan til o‘qitish (TBLT) metodini zamonaviy raqamli vositalar bilan integratsiya qilish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot Toshkent shahrida joylashgan ISFT institutining moliya va iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan 48 nafar 2-bosqich talabalar ishtirokida olib borilgan bo‘lib, ular tasodifiy usulda eksperimental va nazorat guruhlariga ajratilgan. Eksperimental guruh topshiriqlarni Google Docs, Padlet, Quizlet, Kahoot kabi platformalarda bajargan, nazorat guruhi esa TBLT metodini an’anaviy, ya’ni oflayn shaklda o‘rganishda davom etgan. Tadqiqotda aralash metodologiya – ya’ni sifatli va miqdoriy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, buning uchun dastlabki va yakuniy testlar, so‘rovnomalar hamda intervyular asosiy vosita sifatida qo‘llanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, aynan raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan TBLT modeli nafaqat grammatik va leksik ko‘nikmalar, balki muloqotga kirishish va fikrni ifodalash qobiliyatini ham sezilarli darajada rivojlantirgan. Ushbu maqola natijalari ESP kurslarida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, xususan, raqamli TBLT ni dars amaliyotiga integratsiya qilish bo‘yicha muhim takliflar beradi va oliy ta’limda til o‘rgatish sifatini oshirish uchun real amaliy asos yaratadi.
Keywords
References
Rights & License
This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.