Abstract
Ushbu maqolaning maqsadi ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari, tadqiqot bosqichlari va iqtisodiyot fanida ilmiy izlanishlarning evolyutsiyasini tizimli ravishda yoritishdan iborat. Tadqiqotda nazariytahliliy yondashuv, qiyosiy tahlil, tarixiy-mantiqiy tahlil hamda ilmiy manbalarni kontent-tahlil qilish usullari qo‘llanildi. Tahlil davomida pozitivizm, postpozitivizm, interpretativizm, tanqidiy nazariya va pragmatizm paradigmalari mazmunan taqqoslandi, shuningdek kvantitativ, kvalitativ va aralash metodlarning afzalliklari hamda qo‘llanish doiralari aniqlashtirildi. Olingan natijalar ilmiy tadqiqot samaradorligi, avvalo, muammoni to‘g‘ri qo‘yish, maqsad va savollarni aniq belgilash, adabiyotlar sharhini puxta tashkil etish, mos tadqiqot dizaynini tanlash va ma’lumotlarni izchil tahlil qilishga bog‘- liq ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, iqtisodiy tafakkur tarixida klassik maktab, marjinalizm, keynschilik, monetarizm va zamonaviy empirik yondashuvlar ilmiy metodologiyaning bosqichma-bosqich murakkablash-ganini yaqqol namoyon etdi. Maqolada ilmiy tadqiqot faqat nazariy bilim emas, balki amaliy qarorlar, iqtisodiy siyosat va innovatsion rivojlanish uchun ham muhim strategik vosita ekani asoslandi. Xulosa sifatida, iqtisodiyotda sifatli ilmiy natijaga erishish uchun paradigmatik tanlov, metodologik izchillik va amaliy yo‘naltirilganlik o‘zaro uyg‘unlashishi zarurligi ko‘rsatildi.
Keywords
References
Rights & License
This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.