Maqola sarlavhasi:
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda axloqiy qadryatlarni shakllantirishning psixoligik xususiyatlari
Tavsif:
Jahon mamlakatlaridan biri Yaponiyada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘ziga –o‘zi xizmat qilish tendensiyasi mavjud, bu ularni mustaqil bo‘lishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda yordam beradi. Xitoy ta’lim tizimida Konfutsiy ta’limoti asosida shakllangan milliy va ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish yetakchi o‘rinda turadi.
Abstrakt:
Bu tadqiqotda bolalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Pedagoglar, ota-onalar va jamiyat o‘rtasida hamkorlikda axloqiy targ’ibot va tarbiya jarayonlari samarali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarni to‘g'ri tushunishlari va ularga amal qilishlari uchun maktabda muhit yaratish zarur. Tadqiqotda axloqiy tarbiya metodlari va usullari, shu jumladan, hikoyalar, muammoli vaziyatlar, o‘yinlar, rolli o‘yinlar va boshqa interaktiv usullar orqali bolalarning axloqiy qarashlarini rivojlantirishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, shuningdek, axloqiy qadriyatlarning bolalar psixologiyasiga mos ravishda shakllanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar ham ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun pedagoglarning psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, bolalar bilan ishlashda individual yondashuvlar va ularning ehtiyojlariga mos metodlardan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Axloqiy qadriyatlar faqatgina umumiy ta'lim jarayonlarida emas, balki bolalarning shaxsiy hayotida ham o‘z aksini topishi zarur. Maktabda o‘rganilgan axloqiy tushunchalar, oilada va jamiyatda mustahkamlanishi lozim. Shuning uchun axloqiy tarbiya, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilishi kerak. Shuningdek, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda madaniy va milliy xususiyatlar ham e’tiborga olinishi kerak. Har bir millatning o‘ziga xos axloqiy normalari va qadriyatlari mavjud, shuning uchun ta'lim jarayonida milliy qadriyatlar ham inobatga olinishi zarur. Tadqiqotda xorijiy tajribalar tahlil qilinib, turli davlatlarda o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda qo‘llanilayotgan samarali usullar ham ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tadqiqot davomida “Rostgo‘ylikni o‘rganish testi”, “Do‘stlarga yordam berish”, “Kattalarga hurmat darajasini o‘rganish testi” savolnomasi natijalari berilgan. Unga ko‘ra, respondentlar xulq-anvor turlari bo‘yicha natijalar aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Yosh va pedagogik psixologiya
Hammualliflar
Muallif | Ilmiy daraja | Ish joyi | Lavozim |
---|---|---|---|
Kimyo Abdullayeva | Bakalavr | Uchtepa tumani 341-DMTT | Pedagog |
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Кузнецова Л.В. Диагностика и коррекция чуства одиночества детей младшего школьного возраста: Avtoreferat. Pedagogika fanlari doktori – Vladikavkaz: 2006. – 24 b. |
2. Селимова Н.Н Психолог-педагогическая характеристка младшего шлольного возраста: Avtoreferat. Pedagogika fanlari doktori. 2017. – 150 b. |
3. Усачева A.B. Восприятие межличностных отношений в семье детьми младшего школьного возраста: Avtoreferat. Pedagogika fanlari doktori. 2014. – 232 b. |
4. Axmedova.M Social psychological characteristics of improving the education process of primary school students // International Scientific Journal Science and Innovation. 2023. – 582-585 b. |
5. A’zamova.M.N. va Egamberdiyeva.N.U. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida milliy qadyatlarning o‘rni // onlayn xalqaro konf. –88-91 b. |

Maqolaning muallifi
Muallif: Kimyo Abdullayeva
Ish joyi: Uchtepa tumani 341-DMTT
Lavozim: Pedagog
Ilmiy daraja: Bakalavr