Maqola sarlavhasi:
Oliy ta’lim muassasalarida geografiya fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlarini axborot ta’lim muhitlaridan foydalanib tashkil etish metodikasi
Tavsif:
Ma’ruza mashg‘ulotlarni tashkil etish bosqichlarini va mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘qitish vositalarini, jumladan, axborot ta’lim muhitlari hamda muammoli ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida ma’ruza mashg‘ulotlarining nazariy , didaktik jihatlarini takomillashtirishni, uning o‘quv jarayonidagi salmog‘ini yanada oshirishni talab etadi. Bu borada M.H.Lutfillayev, H.B.Nikadambayevalarning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza mashg‘ulotlari talabalarning nazariy bilimlarni egallashi, dunyoqarashini oshirishi va amaliy mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishi hamda fanni mustaqil o‘rganishi uchun asosiy poydevor hisoblanadi.
Abstrakt:
Oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni tizimli, shu bilan birgalikda keng qamrovli va serqirra jarayon bo‘lib, unga kiritilgan har qanday innovatsiya o‘z samarasini beradi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’ruza mashg‘ulotlarining zamonaviy o‘quv vositalarni va ta’lim texnologiyalarini o‘zaro moslash asosida tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Pedagogika nazariyasi
Maqolaning muallifi
Muallif: Hamza Shodiyev
Ish joyi: Navoiy davlat pedagogika instituti
Lavozim: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Ilmiy daraja: dotsent