O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganishda his-tuyg‘ular ahamiyati

Abstract

Ushbu maqolada 20-40 yoshli O‘zbekiston fuqarolarining o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganish tajribalarini aniqlab tahlil qilish maqsad qilib olingan. Ushbu maqsadga erishish uchun kerakli ma’lumotlar intervyular yordamida yig‘ilib, narrativ tahlil usuli yordamida tahlil qilindi. Natijalar 4 ta narrativ-hikoya tarzida taqdim etilib muhokama qilindi. Alohida urg‘u hissiy tajribalarga berilib, ularning til o‘zlashtirganlik darajalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani izohlandi.

Keywords

O‘zbek tiliijobiy psixologiyahis-tuyg‘ularrasmiy va norasmiy ta’limnarrativ tahlilmotivatsion va demotivatsion omillar
Lankaster universitetining ta’lim va ijtimoiy adolat yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturasida o‘qigan paytimda bir maxsus kurs bor edi. Shu kurs davomida men ikkita ilmiy maqola bilan tanishib, ularning biriga taqriz yozishim kerak edi. Birinchi maqola Gana kabi Afrika mamlakatidagi o‘rta maktab ta’lim tizimi tenglik tamoyiliga qay darajada amal qilishining tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, har bir o‘quvchisida nechta darslik borligi, har bir o‘qituvchisiga nechtadan o‘quvchi to‘g‘ri kelishi va ulardan qanchasi maktab bitirishi kabi quruq statistik ma’lumotlarga asoslanib yozilgan (Takyi et al., 2019). Ikkinchi maqola esa Buyuk Britaniyadagi universitet talabalarining o‘qish safarlari jarayonida kechirgan his-tuyg‘ulari, ushbu kechinmalarning o‘qishga ta’siri va albatta universitet rahbariyati va o‘qituvchilari tomonidan inobatga olinishi haqida edi (Finn, 2017).

References

1. 2018. BERA Ethical Guidelines for Educational Research. 4th ed. [ebook] London: BERA, Available at: [Accessed 21 February 2021]., 2.Arens, A.K., Morin, A.J. and Watermann, R., 2015. Relations between classroom disciplinary problems and student motivation: Achievement as a potential mediator? Learning and instruction, 39, pp.184-193., 3.Awad, G., 2014. Motivation, persistence, and cross-cultural awareness: A study of college students learning foreign languages. Academy of Educational Leadership Journal, 18(4), pp.97-116., 4.Boler, M. and Zembylas, M., 2003. Discomforting truths: The emotional terrain of understanding difference. In Pedagogies of difference (pp. 107-130). Routledge., 5.Boudreau, C., MacIntyre, P. and Dewaele, J.M., 2018. Enjoyment and anxiety in second language communication: An idiodynamic approach. Studies in Second Language Learning and Teaching, 8(1), pp.149-170., 6.Buckley, C., Barrett, J. and Asminkin, Y.P., 2004. Reproductive and sexual health among young adults in Uzbekistan. Studies in Family Planning, 35(1), pp.1- 14

Rights & License

CREATIVECOMMONSCCBY
Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)

This article is published under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0), which permits unrestricted use, distribution, and reproduction in any medium, provided the original author and source are credited.

International Nordic University Scientific Journal

Advancing knowledge through peer-reviewed research and academic excellence.

Contact

  • Tashkent, Uzbekistan
  • info@nordicuniversity.org

Social Media

© 2026 International Nordic University Scientific Journal. All rights reserved.
Sitemap International Nordic University, Tashkent