Maqola sarlavhasi:
Talabalik davrida addiktiv xulq-atvorning psixologik xususiyatlari
Abstrakt:
Mazkur tadqiqot talabalik davrida addiktiv xulq-atvorning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Talabalar, ayniqsa, yoshlarning psixologik rivojlanish bosqichida turli psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida, noxush odatlar va qaramliklarni rivojlantirishga moyil bo‘lishadi. Ushbu izlanish, o‘quvchilar va talabalar orasida keng tarqalgan turli qaramliklar (masalan, internetga, o‘yinga, giyohvand moddalar yoki alkogolga qaramlik) psixologik sabablari va ularning talabalarning ruhiy holati, ijtimoiy muhit va shaxsiy fazilatlari bilan qanday bog’liq ekanligini tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqotda yoshlarning xulq-atvoridagi psixologik o‘zgarishlar, stress va tashvish, o‘z-o‘zini baholash, tengdoshlar ta’siri, oilaviy munosabatlar va boshqa ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda, addiktiv xulq-atvorning rivojlanishiga qanday omillar sabab bo‘lishi o‘rganilgan. Shuningdek, psixologik barqarorlik va ijtimoiy moslashuvning bu jarayondagi o‘rni ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari talabalik davrida addiktiv xulq-atvorni oldini olish va unga qarshi kurashishda psixologik yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu tadqiqot ishida o‘smirlik davrini shaxs rivojlanishining alohida yosh bosqichi ekanligi, xulq-atvori buzilishlari yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar soni ko‘payib, addiktiv xulqning eng keng tarqalgan va eng muhim shakli mobil telfonlarga tobelik, xulq-atvori buzilishlari yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar ko‘payishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar batafsil yoritilgan.
Tavsif:
Jahon taʼlim va ilmiy muassasalarida yoshlarni virtual olam taʼsirlaridan asrash, ularda paydo bo‘lgan internetga tobelikni erta bartaraf etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda psixologik farovonlikni taʼminlash, bo‘sh nuqtalarini to‘g‘ri tashkil etish, salbiy axborotlar okimiga nisbatan kompetentsiyalarini oshirish, internet tarmogidan to‘g‘ri foydalana olish malakalarini shakllantirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Kalit so‘zlar:
Yo‘nalish:
Yo‘nalish sohasi:
Ijtimoiy psixologiya
Hammualliflar
| Muallif | Ilmiy daraja | Ish joyi | Lavozim |
|---|---|---|---|
| Xurshida Mamajanova | Magistir | Xalqaro Nordik Universiteti | Dekan òrinbosari |
Foydalanilgan adabiyotlar
| 1. B.A.Бардадымов Аутентичность личности подростков на разных стадиях аддиктивного поведения: Avtoreferat. Pedagogika fanlar nomzodi. –Moskva. 2012. – 32 b. |
| 2. А.М.Мирошкина Причины возникновения аддиктивного поведения у подростков: BMI. – Lisosibirsk. 2021. – 113 b. |
| 3. D.Muhiddinova Virtual ijtimoiy makon tahdidlarining yoshlar dunyoqarashiga ta’siri: Monografiya. Pedagogika fanlar nomzodi. – Guliston 2023. – 125 b. |
| 4. J.Tmirzayev Internetdan faol foydalanuvchi talaba yoshlar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlar: Avtoreferat. Psixologiya fanlari nomzodi. – GDU 2021. – 24 b. |
| 5. B.S.Shukurov Talabalarda internet tobeligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va uni bartaraf etish yo‘llari: Phd dissertatsiyasi. – Tashkent. 2022, – 5 bet. |
| 6. I.B.Umarova Xulqi og’ishgan o‘smirlarda qadryatli motivatsiyani rivojlantirishning psixologik xususiyatlari: Monografiya. – Urganch. 2022. – 26 b. |

Maqolaning muallifi
Muallif: Xurshida Mamajanova
Ish joyi: Xalqaro Nordik Universiteti
Lavozim: Dekan òrinbosari
Ilmiy daraja: Magistir
