Maqola sarlavhasi:

Zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish

Maqolaning birlamchi manbasi o‘qish

Abstrakt:

Maqolada zamonaviy rahbar xodimlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirish, ijtimoiy, emotsional va kognitiv komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash, empatiya hissi, refleksiya darajasi, ijtimoiy va psixologik jihatlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlarga e’tibor kuchaytirishga qaratilgan. Bu borada pedagogik jamoada rahbar va xodim munosabatlari tizimining psixologik imkoniyatlarini rivojlantirish, rahbarlikning turli bo‘g‘inlarida va sohalarida ijtimoiy-psixologik kompetentlikni takomillashtirish, kompetentlikning mohiyati, uning ijtimoiy-psixologik jihatlari, faoliyati va sohani rivojlanishidagi ahamiyati va psixologik ta’sir darajalari masalalarini ilmiy tadqiq etish zarurati kuzatilmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra rahbar xodimlarning kasbiy kompetentligini oshirish, kasbiy psixologik holatini rivojlantirishi, bilim, ko‘nikma va malakalarga, har tomonlama yetuk inson bo‘lishiga yordam beradi.

Tavsif:

Olib boriilgan tadqiqot natijalaridan xulosa qiladigan bo’lsak, Zamonaviy ta’lim tizimi rahbari maktab rahbari va o‘qituvchilari orasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimi rahbarlari uchun ijtimoiy-psixologik bilimlarning rivojlanishi zarur. Ular o‘zlarining va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning psixologik holatini to‘g‘ri tushunib, muammolarni hal etishda samarali bo‘lishi kerak. Ta’lim rahbarlari psixologik yordam ko‘rsatish, motivatsiya berish va konfliktlarni boshqarish kabi ko‘nikmalarni egallashlari lozim. Empatiya va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishi , rahbarlar o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samarali muloqot qila olishlari kerak. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning psixologik holatini tushunishga va ularning ehtiyojlariga javob berishga imkon yaratadi. Shuningdek, rahbarlar o‘qituvchilar bilan muntazam ravishda suhbatlashib, jamoaviy muammolarni hal qilishni o‘rganishlari kerak. Rahbarlarning o‘z-o‘zini tahlil qilish va faoliyatini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning shaxsiy va professional o‘sishiga yordam beradi. O‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha yangi yondashuvlarni izlash rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirishlari kerak. Maktabda muntazam psixologik xizmatlarni tashkil etishda faol bo‘lishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga psixologik yordam berishning samarali yo‘llarini izlashlari kerak. tashkil etish, ularning psixologik va ijtimoiy kompetentliklarini rivojlantirishga yordam berib shar-sharoitlar yaratishi kerak!

Kalit so‘zlar:

Yo‘nalish:

Yo‘nalish sohasi:

Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi

Hammualliflar

MuallifIlmiy darajaIsh joyiLavozim
Shohruh ShodiboyevMagistrXalqaro Nordik universitetiO'qituvchi
Maqola muqovasi
DOI
https://journal.nordicuniversity.org/
Nashr etilgan sana:
06-November, 2025

Maqolaning muallifi

Muallif: Umida Sobirova

Ish joyi: Talaba

Lavozim: Psixolog

Ilmiy daraja: Oliy