article.abstract
Ushbu maqolada sanoat ishlarida raqamli texnologiyalardan izchil foydalanish oqibatlari bo’yicha mulohazalar va dastlabki tadqiqot natijalari umumlashtirilgan. Jumladan, ishlab chiqarishni raqamlashtirish uchun uchraydigan to‘siqlar, muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, qolaversa internet buyumlari (IoT) kiberfizik tizimlar o’rganilgan. Mamlakatimizda 2015-2022 yillar davomida iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining o‘sish sur’atlari taxlil qilingan, olingan natijalarga ko’ra ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli tavsiyalar berilgan. Maqolada raqamlashtirish imkoniyatining ta’rifi ishlab chiqilgan, bu esa korxonaning raqamlashtirish qobiliyati o‘z biznes modeli bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ma’lumotlarning o‘sishiga, ya’ni raqamlashtirishga imkon beradi va buning natijasida kelgusidagi tadqiqotlarning istiqbolli yo‘llarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
article.keywords
article.license
article.license.text