article.abstract
Maqolada jadid ma’rifatparvari Is’hoqxon To‘ra Ibrat ilmiy-falsafiy faoliyati, qoldirgan madaniy merosining Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi ahamiyati, ijodiyotida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy qarashlari ochib berilgan. Manbashunoslik,tarix, adabiyot, tilshunoslik, sayohat janrlari,noshirlik va dinshunoslik kabi sohalarda salmoqli xizmat qilgan alloma Is’hoqxon To‘ra Ibratning jamiyatdagi ijtimoiy illatlar va ularni kelib chiqish sabablariga alohida to‘xtatib o‘tgan “Islohi millat”, “Mezon uz-zamon”singari nodir asarlardan ayrim parchalar ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan.Milliy uyg’onishni ilm-ma’rifat tashkil etishi va u orqali dunyoning mutaraqqiy etgan jamiyatlari bilan bellasha olish mumkinligi,ta’lim-tarbiya hech qachon kechiktirib bo’lamaydigan masalalardan biri ekanligi kabi masalalarga atroflicha to’xtalingan. Shuningdek,o‘zbek ma’rifatparvari, millatparvari Is’hoqxon To‘ra Ibratning hayoti va faoliyati uning asarlari asosida o‘rganilib, uning ijodiga ta’sir ko‘rsatgan mumtoz she’riyat namoyandalari, jadidchilik harakati, jadid maktabi, safardagi sarguzashtlari, millatni isloh etishdagi sa’y-harakatlariga ijtimoiy-falsafiy baho berilgan.
article.keywords
article.license
article.license.text