article.abstract
Bu tadqiqotda bolalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Pedagoglar, ota-onalar va jamiyat o‘rtasida hamkorlikda axloqiy targ’ibot va tarbiya jarayonlari samarali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarni to‘g'ri tushunishlari va ularga amal qilishlari uchun maktabda muhit yaratish zarur. Tadqiqotda axloqiy tarbiya metodlari va usullari, shu jumladan, hikoyalar, muammoli vaziyatlar, o‘yinlar, rolli o‘yinlar va boshqa interaktiv usullar orqali bolalarning axloqiy qarashlarini rivojlantirishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, shuningdek, axloqiy qadriyatlarning bolalar psixologiyasiga mos ravishda shakllanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar ham ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun pedagoglarning psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, bolalar bilan ishlashda individual yondashuvlar va ularning ehtiyojlariga mos metodlardan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Axloqiy qadriyatlar faqatgina umumiy ta'lim jarayonlarida emas, balki bolalarning shaxsiy hayotida ham o‘z aksini topishi zarur. Maktabda o‘rganilgan axloqiy tushunchalar, oilada va jamiyatda mustahkamlanishi lozim. Shuning uchun axloqiy tarbiya, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilishi kerak. Shuningdek, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda madaniy va milliy xususiyatlar ham e’tiborga olinishi kerak. Har bir millatning o‘ziga xos axloqiy normalari va qadriyatlari mavjud, shuning uchun ta'lim jarayonida milliy qadriyatlar ham inobatga olinishi zarur. Tadqiqotda xorijiy tajribalar tahlil qilinib, turli davlatlarda o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda qo‘llanilayotgan samarali usullar ham ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tadqiqot davomida “Rostgo‘ylikni o‘rganish testi”, “Do‘stlarga yordam berish”, “Kattalarga hurmat darajasini o‘rganish testi” savolnomasi natijalari berilgan. Unga ko‘ra, respondentlar xulq-anvor turlari bo‘yicha natijalar aniqlandi.
article.keywords
article.references
article.license
article.license.text