article.abstract
Mazkur tadqiqot talabalik davrida addiktiv xulq-atvorning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Talabalar, ayniqsa, yoshlarning psixologik rivojlanish bosqichida turli psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida, noxush odatlar va qaramliklarni rivojlantirishga moyil bo‘lishadi. Ushbu izlanish, o‘quvchilar va talabalar orasida keng tarqalgan turli qaramliklar (masalan, internetga, o‘yinga, giyohvand moddalar yoki alkogolga qaramlik) psixologik sabablari va ularning talabalarning ruhiy holati, ijtimoiy muhit va shaxsiy fazilatlari bilan qanday bog’liq ekanligini tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqotda yoshlarning xulq-atvoridagi psixologik o‘zgarishlar, stress va tashvish, o‘z-o‘zini baholash, tengdoshlar ta’siri, oilaviy munosabatlar va boshqa ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda, addiktiv xulq-atvorning rivojlanishiga qanday omillar sabab bo‘lishi o‘rganilgan. Shuningdek, psixologik barqarorlik va ijtimoiy moslashuvning bu jarayondagi o‘rni ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari talabalik davrida addiktiv xulq-atvorni oldini olish va unga qarshi kurashishda psixologik yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu tadqiqot ishida o‘smirlik davrini shaxs rivojlanishining alohida yosh bosqichi ekanligi, xulq-atvori buzilishlari yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar soni ko‘payib, addiktiv xulqning eng keng tarqalgan va eng muhim shakli mobil telfonlarga tobelik, xulq-atvori buzilishlari yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar ko‘payishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar batafsil yoritilgan.
article.keywords
article.references
article.license
article.license.text